Jamiyat

Pirotexnika vositalari uchun jarimalar 10 million so‘mgacha oshiriladi

Pirotexnika vositalari uchun jarimalar 10 million so‘mgacha oshiriladi

Oliy Majlis Senatining 11-yalpi majlisida “Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Qonunning maqsadi — pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirish, saqlash va ishlatish holatlarini kamaytirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek soha faoliyatini tartibga solish va nazoratni kuchaytirishdan iborat.

Asosiy yangiliklar:
– Pirotexnika buyumlari xavflilik darajasiga ko‘ra I–V sinflarga ajratiladi.
I sinf (bengal chiroqlari, stol fontanlari) erkin muomalada bo‘ladi.
II sinf (petardalar, katta fontanlar) oddiy fuqarolarga taqiqlanadi.
II–V sinflar faqat davlat mudofaa korxonalari tomonidan ishlab chiqariladi, saqlanadi va olib kiriladi.
III–V sinflar esa ommaviy tadbirlarda mushakbozlik uchun ishlatilishi mumkin.

Nazorat va jazo choralari:
Pirotexnika vositalari ustidan nazorat Milliy gvardiya, ichki ishlar va bojxona organlari zimmasiga yuklatildi.
Noqonuniy muomala uchun jarima 15–25 baravar BHM miqdorida belgilanadi, bu esa 10 million so‘mgacha bo‘lishi mumkin.