Jamiyat

Boshlig‘ini kaltaklagan bog‘cha direktori ishdan olindi

Boshlig‘ini kaltaklagan bog‘cha direktori ishdan olindi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida maktabgacha ta’lim muassasasi direktori o‘z rahbarini kaltaklagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘lim boshlig‘i S.M. va 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori X.A. o‘rtasidagi janjal 2025-yil iyul oyida sodir bo‘lgan. Tergov jarayonida direktor X.A. o‘z faoliyati davomida bir qator qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygani, berilgan ogohlantirishlardan norozi bo‘lib, kelishmovchilik yuzaga kelganligi aniqlangan.

Viloyat boshqarmasi tomonidan holat atroflicha o‘rganilib, qonun doirasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. Natijada, maktabgacha ta’lim muassasasi direktori X.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.