Jahon

Kongoda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi

Kongoda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasi sharqida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kelib chiqqan suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli kamida 40 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Rasmiylarga ko‘ra, kamida 20 kishi Bukavu shahrida va yana 20 kishi 50 kilometr uzoqlikdagi qishloqda halok bo‘lgan.

Bukavu shahrida yashovchi Ivonn Mukupi qo‘shnisini sel suvlari olib ketganini aytdi.

«Biz daraxtlar ostidan uchta jasadni topdik, ammo qolganlari hali topilmadi», – dedi u.

Noto‘g‘ri shaharsozlik va zaif infratuzilma tufayli bunday shahar va qishloqlar kuchli yog‘ingarchilikka qarshi himoyasiz qolgan, bunday holatlar Afrikada haroratning oshishi bilan kuchayib bormoqda, deydi BMT iqlim ekspertlari.

Seshanba kuni ham Kongo DR provinsiyalaridan birida kuchli yomg‘irlar oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi.