O‘zbekiston

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdorishaxsi S.A. bitta AYoQSHda o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha mazkur shoxobcha faoliyatini tiklab berish, yana boshqa bir AYoQSHga faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, 2024 yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish e’lon qilinganda, unga oldindan xabar berish evaziga 100 000 AQSH dollari pora talab qilib, 50 000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.