2023-yilning so‘nggi ish kuni — 29-dekabrda O‘zbekistonda dollar kursi 12 352,86 so‘m etib belgilandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi. Respublika Markaziy banki dollar kursini 2024-yilning birinchi ish kunida (3-yanvar) belgiladi.
Bir yil avval, 2022-yil 30-dekabrda Amerika valyutasining birjadagi o‘rtacha og‘irlikdagi almashuv kursi 11 246,81 so‘mni tashkil qilgan edi. Bu 2023-yilda so‘mning AQSh dollariga nisbatan 9,8 foizga zaiflashganini anglatadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!