Jahon

Yaponiyada bir necha marta kuchli zilzilalar yuz berdi: mamlakatda sunami xavfi e’lon qilindi

Yaponiyada bir necha marta kuchli zilzilalar yuz berdi: mamlakatda sunami xavfi e’lon qilindi

Yaponiyaning markaziy qismida bir necha kuchli zilzilalar qayd etilgan. Mamlakat Milliy meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Isikava va Niigata prefekturalari hududida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Bu haqda Kazinform agentligi TASSga tayanib xabar beradi.

Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q. Biroq mamlakatning butun g‘arbiy qirg‘oqlari uchun sunami bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilingan – to‘lqin balandligi 5 metrga yetishi mumkin.

Mahalliy aholi zudlik bilan qirg‘oqbo‘yi hududini tark etishga yoki binolar tomlariga chiqishga chaqirilmoqda.

Shu bilan birga, respublikada kuchli zilziladan ogohlantirish tizimi uchinchi marta ishga tushirildi. Mahalliy aholi zilzilaga tayyorlanishga chaqirildi.