Global iqtisodiy o’sish 2023-yildagi 2,7 foizdan 2024-yilda 2,4 foizga tushishi mumkin. Bu haqda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti iqtisodiy tahlil va siyosat bo’limi direktori Shantanu Mukerji brifingda ma’lum qildi.
“Bizning hisobotimizda 2023-yilda global o’sish 2,7 foizni tashkil etadi. Ammo 2024-yil uchun prognozimiz 2,4 foizga tushirildi”, dedi u.
Mukerji 2024-yilda inflyatsiya “maqsadli 2 foiz darajasiga tushishi” kerakligini ta’kidladi. Uning qo’shimcha qilishicha, jahon iqtisodiyoti hali “xavfli hududdan” chiqmagan, bu esa retsessiyaga olib kelishi mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!