Jahon

Bill Geyts Kamala Harrisning saylovoldi kampaniyasiga yashirincha 50 mln dollar xayriya qildi

Bill Geyts Kamala Harrisning saylovoldi kampaniyasiga yashirincha 50 mln dollar xayriya qildi

Bill Geyts Kamala Harrisning saylovoldi kampaniyasiga yashirincha 50 mln dollar xayriya qildi. Bu haqda Nyu York Times nashri xabar berdi.

Milliarder bu pullarni Harrisni prezidentlik saylovida qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan «Future Forward» notijorat tashkilotiga bergan.

Microsoft asoschisi 10 yillardan buyon siyosatdan uzoq bo‘lib kelgan edi. U demokrat Harrisni ham ochiqchasiga qo‘llamagan, ammo 50 mln dollar xayriya qilishi Geytsning pozitsiyasi o‘zgarganini bildiradi.

U Tramp ikkinchi bor prezidentlikka saylansa, sog‘liqni saqlash va qashshoqlikka qarshi kurashish bo‘yicha tashabbuslarga sarmoyalar miqdorini kamaytirishidan tashvishlanayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.