Jahon

Koreyada 72 mingdan ortiq avtomobil ehtiyot qismlar nosozligi sababli chaqirib olinadi

Koreyada 72 mingdan ortiq avtomobil ehtiyot qismlar nosozligi sababli chaqirib olinadi

Tesla Korea, Hyundai Motor Co. va yana to‘rtta ishlab chiqaruvchi 72 mingdan ortiq avtomobilni butlovchi qismlari nosozligi sababli qaytarib oladi, deya xabar berdi Yonhap.

Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla Korea, Hyundai Motor Co., Ford Sales & Service Korea, Nissan Korea, Kia Corp. va Honda Korea 13 xil rusumdagi jami 72 674 ta avtomobilni ixtiyoriy ravishda chaqirib oladi.

Taxminan 63 991 ta Tesla avtomobili, jumladan Model Y, avtopilot tizimida dasturiy ta’minot xatosi aniqlangan va taxminan 1 990 tasida Model X – to‘qnashuv holatlarida eshikni qulflash mexanizmida muammolarga duch kelgan.

Taxminan 2400 ta Hyundai, shu jumladan G80, orqa g‘ildirakli milya komponentlarida nosozlik bo‘lgan, bu esa haydash paytida transport vositalarining to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin edi.

2156 ta Ford Mustang avtomobilida tormoz suyuqligi kam bo‘lganda ogohlantirishlarni to‘g‘ri chiqara olmadi.

1100 ga yaqin Nissan avtomobillari, jumladan Altima 2.0 modelida orqa ko‘rinish kamerasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.

Shuningdek, Kia Seltos ning 922 dona havsizlik yostig‘i tizimidagi muammolar tufayli chaqirib olingan, 49 dona Honda Odyssey minivenlarida dvigatel qismlari nosoz ekanligi aniqlangan.