O‘zbekiston

Ikki nafar yosh qilichbozimiz jahon reytingida peshqadamga aylandi

Ikki nafar yosh qilichbozimiz jahon reytingida peshqadamga aylandi

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi 2024-yil yanvar oyi uchun yosh toifalarida sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda Dilnaz Murzatayeva shpaga, Fernanda Errera esa sablya yo‘nalishida reyting peshqadami sifatida e’tirof etildi.

Jamoaviy dasturda esa sablyachi yigitlarimiz birinchi, qizlarimiz ikkinchi, shuningdek, shpagachi qizlarimiz uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Shaxsiy reytingda kuchli o‘nlikdan joy olgan hamyurtlarimizning holati bilan tanishing:

Shpaga, qizlar:
1. Dilnaz Murzatayeva (O‘zbekiston) – 131.5 (ochko)
9. Shahzoda Egamberdiyeva (O‘zbekiston) – 62

Yigitlar:
1. Muhammad Yosin (Misr) – 189.250
6. Meyirxan Timurov (O‘zbekiston) – 49

Sablya, qizlar:
1. Fernanda Errera (O‘zbekiston) – 166
6. Gulistan Perdebayeva (O‘zbekiston) – 96
7. Ayako‘z Jumamuratova (O‘zbekiston) – 91

Yigitlar:
1. Dari Lukashenko (Ukraina) – 129
3. Islombek Abdazov (O‘zbekiston) – 119.5
4. Azizbek Dauletnazarov (O‘zbekiston) – 116.250