Yevropa Ittifoqi urushlarning oldini oladigan va tinchlikni saqlaydigan o’z qurolli kuchlarini yaratishi kerak. Bu haqda Italiya bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani La Stampa nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Agar biz dunyo tinchligining tashuvchisi bo’lishni istasak, bizga Yevropa armiyasi kerak. Bu Yevropaning samarali tashqi siyosatini olib borishning asosiy shartidir”, deb hisoblaydi siyosatchi.
Tajanining soʻzlariga koʻra, Yaqin Sharqdan Hind-Tinch okeani mintaqasigacha boʻlgan ulkan hududni qamrab olgan koʻplab inqirozli dunyoda Yevropa davlatlari uchun umumiy armiya “aniq fakt”ga aylanishi kerak.
Yevropa Ittifoqi o’z armiyasini yaratishi kerakligi haqidagi munozaralar bir necha yillardan beri Yevropa Ittifoqida aylanib yuribdi. Masalan, 2022-yilning bahorida Yevropa diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel Yevropa qurolli kuchlarini shakllantirish zarurligi haqida gapirgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!