Iqtisod

Dividendlar va foizlar shaklida daromadlar uchun soliq imtiyozlari amal qilish muddati uzaytirildi

Dividendlar va foizlar shaklida daromadlar uchun soliq imtiyozlari amal qilish muddati uzaytirildi

2022-yil 1-apreldan 2028-yil 31-dekabrga qadar (avval 2024-yil 31-dekabrgacha) bo‘lgan davrda:

JSHODSdan ozod qilinadi – O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari;

foyda solig‘i bo‘yicha 5 % miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi – O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga;

foyda solig‘i hamda JSHODSdan ozod etiladi – O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari.