Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar berishicha, Krasnoyarskdagi “Mega-Stroy-M”, Nijniy Novgoroddagi “Region servis” korxonalarida ishlayotgan oʻzbekistonliklar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etilgan.

Shuningdek, Sankt-Peterburg shahrida ish beruvchisi tomonidan tortib olingan fuqarolarning pasportlari qaytarilgan. Perm va Nijnevartovskda moliyaviy ogʻir ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimizga koʻmaklashilgan.

Irkutsk shahrida qiyin ahvolda qolgan fuqaro ikki nafar farzandi bilan Oʻzbekistonga qaytarilishida yordam koʻrsatilgan.
Volgograd, Krasnodar va Novosibirskda mehnat qilayotgan bir guruh fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!