Jahon

140 ta tilda kuylagan qiz Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

140 ta tilda kuylagan qiz Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Dubaydagi musiqa festivalida 140 ta tilda qo’shiq kuylagan qiz Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda «The independent» nashri xabar berdi.

Hindistonning Kerala shahrida yashovchi 18 yoshli Sucheta Satish 2023-yil 24-noyabrda boʻlib oʻtgan “Iqlim uchun konsert” tadbirida jami 140 tilda qoʻshiq kuylaganidan soʻng rekord oʻrnatdi.

Xonanda o’z g’alabasini Instagram ijtimoiy tarmog’ida ulashgan. Ginnesning bu turdagi rekordini o’rnatish uchun xonanda o’n yildn ortiq o’z ustida ishlagan.

“2023-yilning 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan konsertim chog‘ida Yaratganning marhamati bilan 9 soatda 140 tilda qo‘shiq kuylab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirganim haqidagi xabarni sizlar bilan bo‘lishishdan xursandman. Barchangizga tilaklaringiz va qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun rahmat”, – deya ijtimoiy tarmoqda mulohazalarini qoldirgan rekordchi.