Kecha, 10-yanvar kuni metan zapravkalarida rejadagiga nisbatan 103% koʻp tabiiy gaz sotilgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxoʻjayev maʼlum qildi.
Shuningdek, kecha “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalariga 3 ming 117 tonna avtobenzin yetkazib berildi.
Birja savdolariga avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida sotish uchun 3 ming 160 tonna avtobenzin, 1 ming 830 tonna dizel yonilgʻisi qoʻyilgan boʻlib, undan 2 ming 576 tonna avtobenzin hamda 162 tonna dizel yonilgʻisi sotildi.
10-yanvar kuni respublika elektr energiyasi isteʼmoli 226,5 mln kVt·soatni, tabiiy gaz isteʼmoli esa 152,9 mln kubometrni tashkil qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!