Yangiliklar

Samarqandda harakatlanib ketayotgan avtomashinadan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora koʻrildi

Samarqandda harakatlanib ketayotgan avtomashinadan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora koʻrildi
Foto: Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitlar yoʻlda harakatlanib ketayotgan Gentra avtomashinasi lyuki va oynalaridan tanasini chiqarib, tashqariga pul sochgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, holat Samarqand viloyatining Past Dargʻom tumanida toʻy korteji harakatlanganda sodir boʻlgan. Qoidabuzarliklar tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, holat viloyat IIB YHXB tomonidan nazoratga olingan va barcha qoidabuzarlar topilgan.

Ularga nisbatan tegishli maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, mashinalar jarima maydoniga joylashtirilgan.