Hodisa, Yangiliklar

Sirdaryoda Gentra mashinasi kanalga tushib ketdi

Sirdaryoda Gentra mashinasi kanalga tushib ketdi

14-yanvar kuni haydovchi tomonidan avtomashina Guliston tumani, Inoqlik mahallasi hududidan oʻtgan “oʻng tarmoq” kanalining oʻng tomonida joylashgan mahalliy ichki yoʻl boʻylab boshqarib borayotib, rul boshqaruvini yoʻqotib, kanalga tushib ketgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tarmoqlarda tarqalayotgan maʼlumotlarga koʻra, avtomashina boshqaruvida maktab oʻquvchilari boʻlgan. Kanalga tushib ketgan bolalarning 3 tasi tirik qolgani, 2 tasi esa suvda oqib ketgani aytilmoqda.