Yangiliklar

2023-yilda “Tez yordam”ga qancha chaqiriq boʻlgan?

2023-yilda “Tez yordam”ga qancha chaqiriq boʻlgan?
Foto: Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 2023-yil davomida “103” xizmatiga boʻlgan chaqiriqlar soni boʻyicha maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, oʻtgan yili “Tez yordam”ga jami 13 mln 522 ming 771 ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan jami 888 ming 57 nafar katta yoshli, 337 ming 712 nafar kichik yoshli bemorlar shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.

Eng koʻp murojaatlar:

  • Fargʻona viloyatida — 1 460 549 ta;
  • Andijon viloyatida — 1 374 693 ta;
  • Toshkent shahrida — 1 363 610 ta;
  • Toshkent viloyatida — 1 288 111 ta;
  • Namangan viloyatida — 1 257 328 ta qayd etilgan.

Eng kam chaqiriq Navoiy (413 247 ta ), Sirdaryo (491 104 ta) va Jizzax (542 043 ta) viloyatlarida kuzatilgan.

2022-yil tez tibbiy yordam xizmatiga jami 13 million 22 ming 162 ta murojaat kelib tushgan edi.