19-yanvar kuni soat 20:00 lar chamasida Denov tumani “Vodiy” mahallasi hududidan oʻtuvchi “4R 108 V” avtomobil yoʻlining 3 km da YTH sodiq boʻldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Nexia-1 avtomashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan. Soʻng boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan Surxondaryo viloyati IIB xoʻjalik boʻlimiga tegishli “GAZon Nekst” avtozak rusumli maxsus trasnport vositasining yoʻnalishiga chiqib ketib toʻqnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida Nexia-1 rusumli avtomashina turtib ketgan tugʻilgan piyoda ogʻir tan jarohatlari sababli tuman shifoxonasida yotqizilgan. Nexia-1 avtomashinasi haydovchisi va bir nafar yoʻlovchisi shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlariishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!