Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Shoudu” xalqaro aerportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Davlat rahbarini XXR madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 24-yanvar kuni O‘zbekiston yetakchisi XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar hamda Xitoyning rasmiy shaxslari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!