Yangiliklar

Chilonzorda BYD va Chery avtomobillari ishtirokida YTH sodir boʻldi

Chilonzorda BYD va Chery avtomobillari ishtirokida YTH sodir boʻldi
Foto: Videodan skrin

29-yanvar kuni soat 23:40 larda Chilonzor tumani Baynalminal-Muqimiy koʻchalari kesishgan chorrahasida F.J. boshqaruvida boʻlgan BYD avtomashinasi hamda S.M. boshqaruvida boʻlgan CHERY avtomashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

YTH natijasida BYD hamda CHERY avtomashinalari haydovchilariga birinchi yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga olib borilgan.

Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.