Kecha, 31-yanvar kuni Qozogʻistonning Jambil viloyati, Jualin tumani, Nurlikent qishlogʻi yaqinidagi “Gʻarbiy Yevropa – Gʻarbiy Xitoy” avtomobil yoʻlining 567 kilometrida yoʻlda 26 ta avtotransport vositalari oʻrtasida yirik yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulligi maʼlumotiga koʻra, ushbu baxtsiz hodisa tufayli vafot etganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq.
Vaziyat Bosh konsullik nazorati ostida. Bosh konsullik xodimlari yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joyga yetib borgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!