Yangiliklar

Bugun ham havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi

Bugun ham havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi

Oʻzgidromet bugun, 3-fevral kuni mamlakat boʻylab havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° sovuq, kunduzi 4-6° iliq boʻladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; Xorazm viloyatida kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

TOSHKENT VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi; Sirdaryo viloyatida kechga tomon yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi1-6° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.