Yangiliklar

Samarqandda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻygan savdo doʻkonlari aniqlandi

Samarqandda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻygan savdo doʻkonlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan viloyat IIB TQX JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.J.” va “A.S.” MCHJlarga qarashli spirtli ichimliklar savdo doʻkonlarida hech qanday hujjatsiz umumiy qiymati 301,3 mln soʻmlik har xil turdagi jami 12 432 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.