Toshkent shahar Sergeli 8a mavzesidagi yer osti gaz quvurlarini qayta qurish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 12-fevral kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Sergeli tumani
Aholi isteʼmolchilari:
- Sohibkor, Yangi Sergeli, Ezgulik, Madadkor, Ziyrat, Mehrigiyo, Oʻzgarish, Habibiy, Saxovat, Qipchoq, Nurhayot, Ittifoq, Nilufar MFYlaridagi 347 ta koʻp qavatli uylardagi 18 953 ta xonadon;
- Daryo boʻyi, Sofdil, Soʻgʻdiyona MFYlaridagi 4072 ta yerli xonadon.
Yangihayot tumani
Aholi isteʼmolchilari:
- Yoʻldosh, Mashʼal, Yangi turmush, Olchazor, Xushnud, Navqiron, Yorqin hayot, Choragon, Chorbogʻ, Viktor, Al-Fargʻoniy, Doʻstlik, Iqbol, Toshkent, Fayzli MFYlar koʻp qavatli uylaridagi 12 559 ta xonadon va 3711 yerli xonadon.
Ulgurji isteʼmolchilar soni – 226 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!