Yangiliklar

2024-yili 127 ming gektarda tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha yangi dastur amalga oshiriladi

2024-yili 127 ming gektarda tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha yangi dastur amalga oshiriladi

Prezident raisligida boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda sohada hisob-kitob intizomida ham kamchiliklar borligi aytildi. Masalan, klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali toʻliq toʻlanmagan.

Yangi tizimga koʻra, oldingi qarzini 1-aprelgacha yopmagan klaster bilan fyuchers shartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotishga ruxsat beriladi.

Maʼlumotni elektron platformaga toʻliq kiritgan va fyuchers shartnoma imzolagan fermerga kredit koʻpi bilan uch kun ichida ajratilishi shartligi taʼkidlandi.

Bu yil 127 ming gektarda tuproq unumdorligini oshirish va 677 ming gektar yaylovlarni degradatsiyadan chiqarish boʻyicha yangi dastur amalga oshiriladi.

Joriy yilda bogʻ, tokzor, sabzavot, poliz, ozuqa ekini va issiqxonadan iborat 1,8 million gektar yerlarni ham toʻliq raqamlashtirishga topshiriq berildi.

Shuningdek, ushbu yerlarda ekinlar joylashuvi, vegetatsiya jarayoni, hosildorligi, mineral oʻgʻit sarfi “Agroplatforma”da yuritiladi.