2021-yilda AQSH qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etarkan, davlatga yana “Tolibon” ega chiqdi. Siyosatshunoslar va tarixchilar bu voqeadan keyin mintaqa AQSHni ortiq qiziqtirmaydi, degan fikrlarni ham bildirishdi. Biroq, elchi Jonatan Henik fikricha, AQSH tashqi siyosati uchun Markaziy Osiyo hali ham prioritetlardan. Ayniqsa, Afgʻonistondan chiqqanimizdan keyin mintaqa davlatlari va Oʻzbekiston bilan yanada yaqinroq ishlayapmiz, deydi Henik.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!