Jahon, Siyosat

Dunyodagi eng yirik saylov: Indoneziya fuqarolari yangi Prezidentni saylamoqda. G’arb esa davlatning demokratiyalashuvidan umidvor

Dunyodagi eng yirik saylov: Indoneziya fuqarolari yangi Prezidentni saylamoqda. G’arb esa davlatning demokratiyalashuvidan umidvor

Bugun, 14-fevral sanasi, chorshanba kuni Indoneziya fuqarolari Prezident saylovida o’z nomzodlari uchun ovoz berishmoqda.

Saylov bilan ham Prezident, ham vitse-prezident kim bo’lishi aniqlanadi.  Shuningdek, Prezidentlik sayloviga parlament saylovi ham qo’shilgan. Ya’ni, 1 kunda indoneziyaliklar ham Prezident, ham vitse-Prezident, ham parlament a’zolari uchun nomzodlardan mosini tanlashadi. Amaldagi Prezident Joko Vidodo davlat konstitutsiyasiga muvofiq o’z nomzodini 3-marta uchun qayta qo’yolmadi. 273 million indoneziyaliklarning 200 millioni saylovda qatnashish huquqiga ega. Davlat bo’ylab 800 mingdan ortiq saylov uchastkalari yaratilgan.

Xo’sh, kimlar nozmod?

Associated Press AAga ko’ra, uzoq yillik diktaturadan keyin Indoneziya erkin va demokratik davlatga aylanishi mumkin va bu aynan shu saylovning natijalariga bog’liq. Bundan tashqari, Indoneziya global iqtisodiy kuchga ham aylanmoqda. Birinchi nomzod mudofaa vaziri – Prabovo Subianto. U maxsus kuchlar qo’mondoni bo’lgan. Lekin xalqaro doirada Subianto inson huquqlarini qo’pol tarzda buzgan harbiy, deya qoralanadi. Amaldor esa doimiy ravishda buni rad etib kelgan.

Ikki sobiq provinsiya gubernatorlari Anies Basvedan va Ganjar Pranovo ham prezident Joko Vidodoning o‘rnini egallash uchun kurashmoqda.

Xarobadan chiqqan Joko Vidodoning prezidentlikkacha ko’tarilishi avtoritar rejimlar bilan aloqani isbotlaydi, deb yozadi AP axborot agentligi.

Yangi Prezidentga oson bo’ladimi?

Joko Vidododan Prezidentlikni oladigan nomzod katta qiyinchiliklarga duch kelmasligi kutilmoqda. Chunki Indoneziya iqtisodiyoti ayni damda ulkan infratuzilma loyihalariga boy. Davlat global iqtisodiy kuchga aylanib bormoqda.

Shuningdek, Vidodoning poytaxtni ko’chirish siyosati davom etadi. Jakartadan yaqin yillarda Indoneziya poytaxti maqomi olinadi. Tirbandlik, tiqilich hayot va geografik omillar bunga sabab sifatida keltirilgan.

Poytaxt chegaradagi  Borneo oroliga 30 milliard dollardan ortiq xarajat evaziga ko’chirilishi belgilangan.

Indoneziyada Prezident saylovi global ahamiyatga ega

Saylovning borishi va unda kim g’olib bo’lishi AQSH va Xitoy uchun muhim. Chunki janubi-sharqiy Osiyo davlatlari va bu yerdagi tizimlar uchun ikki katta kuch raqobatga kirishgan. Ulkan ichki bozorga, nikel va palma yog’i kabi tabiiy resurslarga boy davlatni kim boshqarishi boshqa qo’shni mamlakatlarga ham qiziq. Shuningdek, janubi-sharqiy Osiyoning yirik davlati sifatida Indoneziya o’z qo’shnilariga ham so’zini o’tkaza olishda yirik diplomatik kuchga egan.

Saylov uchastkalari 270 million kishi istiqomat qiladigan davlatning 17 000 ta orolidagi uchta vaqt zonasining har birida ertalab soat 07:00 dan ochildi. Ovoz berish jarayonlarini tashkil etish logistikasi juda noodatiy: saylov qutilari va byulletenlar qayiqlar, mototsikllar, otlar va piyodalar bilan ba’zi uzoqroq joylarga tashilgan.

Chorshanba – saylov kuni  tongida kuchli momaqaldiroqdan so’ng Jakartaning bir necha ko‘chalarini suv bosgan. O’tgan hafta Markaziy Yavaning Demak viloyati kuchli yomg’irdan zarar ko’rgandi.

Prezidentlikdan tashqari, 20 000 ga yaqin milliy, viloyat va tuman parlamenti a’zolari uchun o’n minglab nomzodlar dunyodagi eng yirik saylovlardan birida kurash olib borishmoqda.  Rasmiylar bu saylovlar tinch o’tishini kutayotganini aytadi. 18 siyosiy partiyadan 10 000 ga yaqin nomzod milliy parlamentdagi 580 o’rinni ko’zlagan.

Associated Press agentligi bilan suhbatlashgan saylovchilar fikricha, fuqarolar o’zlarining keyingi rahbari kambag’allar sonini kamaytirishdek ulkan vazifani  uddalashini istaydi.

«Umid qilamanki, Indoneziya yaxshi rivojlanadi va men noto’g’ri odamga ovoz bermadim», deydi Indra Nurohim, 17 yoshli o’rta maktab o’quvchisi va birinchi marta ovoz bergan fuqaro. «Umid qilamanki, bizda yaxshiroq hukumat bo’ladi», deya qo’shimcha qilgan u.

Shoxrux Majidov – jurnalist-siyosatshunos