Yangiliklar

Oʻzbekistonning qaysi hududida eng koʻp asal yetishtirilgan?

Oʻzbekistonning qaysi hududida eng koʻp asal yetishtirilgan?

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekistonda 15,6 ming tonna asal yetishtirilgan. Asal yetishtirish hajmi 2022-yilga nisbatan solishtirilganda 6,3 % ga oshgan.

Respublika hududlarida yetishtirilgan asal hajmi: 

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 876,4 tonna 
  • Andijon viloyati – 1,3 ming tonna 
  • Buxoro viloyati – 2,4 ming tonna 
  • Jizzax viloyati – 1,3 ming tonna
  • Qashqadaryo viloyati – 1,5 ming tonna
  • Navoiy viloyati – 1,2 ming tonna 
  • Namangan viloyati – 1,2 ming tonna 
  • Samarqand viloyati – 1,3 ming tonna 
  • Surxondaryo viloyati – 954,9 tonna 
  • Sirdaryo viloyati – 403,7 tonna 
  • Toshkent viloyati – 599,2 tonna 
  • Fargʻona viloyati – 1,4 ming tonna
  • Xorazm viloyati – 1,2 ming tonna