Yangiliklar

Fargʻona shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini oʻrnatgan xonadon aniqlandi

Fargʻona shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini oʻrnatgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi, viloyat prokuraturasi, IIB TQB kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Yoshlar” MFY hududidagi xonadonda yashovchi F.I. oʻz uyida 36 ta toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 208,2 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.