Yangiliklar

Nukus va viloyat markazlari uchun mingta avtobus xarid qilinadi

Nukus va viloyat markazlari uchun mingta avtobus xarid qilinadi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

“2024-yil I choragiga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori bilan, 2024-yilda Xitoy Eksimbanki Transport vazirligiga tabiiy gazda harakatlanuvchi 1000 dona avtobus hamda “Toshshahartransxizmat” korxonasi uchun 200 dona elektrobus xaridi uchun jami 180 million dollar miqdorida qarz mablagʻlari ajratadi.

Jumladan, Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun 1000 dona siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi katta sigʻimli avtobuslar xarid qilish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotdan 120 million dollar jalb qilinadi.

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan harakat tarkibini 200 dona katta sigʻimli elektrobuslar va ular uchun quvvatlash uskunalarini xarid qilish yoʻli bilan yangilashni tashkil etish uchun esa Xitoy Eksimbankidan 60 million dollar jalb qilinadi.