Yangiliklar

Samarqand va Qarshida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Samarqand va Qarshida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.h.” MCHJ doʻkoni sotuvchisi X.D. 31 xil turdagi hech qanday hujjatsiz umumiy bahosi 103,0 mln soʻmlik jami 2 731 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Q.I. va S.S. qalbaki aksiz markali “Yangi-Shahrisabz”, “Ne vodka” va “Vodka Exclusive” nomli jami 696 dona alkogol mahsulotlarini fuqaro M.O.ga sotish maqsadida olib kelgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.