Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.A. fuqaro A.A.ga 48 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, K.A.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda uning avtomashinasi hamda “D.P.” MCHJga qarashli dorixonadan hech qanday hujjatsiz jami 1 397 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda “Bektemir” YPX postida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Cobalt” rusumli avto transport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro J.M. 90 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!