Yangiliklar

Buxoro sanʼat maktabidagi musiqa asbobining ustiga chiqib, turli harakatlar sodir etilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Buxoro sanʼat maktabidagi musiqa asbobining ustiga chiqib, turli harakatlar sodir etilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki usta-quruvchilar Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabidagi musiqa asbobi (pianino)ning ustiga chiqib, jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻluvchi xatti-harakatlarni sodir etishganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasiga koʻra, ushbu maʼlumotlar yolgʻon va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

“Boqiy Buxoro” tarixiy-etnografik parki qurilishi munosabati bilan loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududdagi Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi barcha jihozlari, shu jumladan, barcha musiqa asboblari bilan boshqa binoga koʻchirilgan.

Buxorodagi qurilish ishlariga jalb etilgan usta-quruvchilar esa video aks ettirilgandagi maxsus kiyim-boshda boʻlmagan.