Yangiliklar

Oʻtgan oʻquv yilida 2 359 nafar xotin-qizlar taʼlim yoʻnalishida magistr diplomini olgan

Oʻtgan oʻquv yilida 2 359 nafar xotin-qizlar taʼlim yoʻnalishida magistr diplomini olgan
Illyustrativ foto

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura yoʻnalishini 7 918 nafar xotin-qizlar bitirgan.

Bitiruvchi xotin-qizlar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:

  • taʼlim – 2 359 nafar;
  • sanʼat va gumanitar fanlar – 1 768 nafar;
  • tabiiy fanlar, matematika va statistika – 885 nafar;
  • muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 731 nafar;
  • biznes, boshqaruv va huquq – 620 nafar;
  • ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 543 nafar;
  • sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 392 nafar;
  • qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 265 nafar;
  • xizmatlar – 179 nafar;
  • axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 176 nafar.