Jahon

Yaponiya zaharli suvlarni okeanga chiqarishda davom etmoqda

Yaponiya zaharli suvlarni okeanga chiqarishda davom etmoqda

Yaqinda Yaponiya hukumati Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafayel Grossi 12-14-mart kunlari Yaponiyaga taklif qilinganini e’lon qilgan edi. Taklif ko‘plab savollarni tug‘dirdi, chunki Yaponiya hukumati Fukusima atom elektr stansiyasidan yadroviy zaharlangan suvni Tinch okeaniga oqizmoqda va buning uchun Xalqaro atom energiyasi agentligining ruxsatini olmoqchi edi.

Qo‘shni davlatlar va butun jahon hamjamiyatining qarshiliklariga qaramay, Yaponiya bu loyihani amalga oshirishda davom etib, 23 ming tonna ifloslangan suvni okeanga qo‘yib yuborgan. Yaponiyaning 2024-yilda yana 7 marta  54,6 ming tonnadan radioaktiv suvni okeanga chiqarib yuborishni rejalamoqda.  Ifloslangan suvning murakkab tarkibi, tozalash jarayonining cheklovlari va suvning dengiz muhiti, shuningdek, inson salomatligiga yetkazishi mumkin bo’lgan zarari munozaralarni keltirib chiqardi.

Yadro bilan ifloslangan suvda 200 dan ortiq turdagi radioaktiv nuklidlar mavjud bo‘lib, ularning barchasini olib tashlab bo‘lmaydi, chunki Yaponiyaning ilg‘or suyuqlikni qayta ishlash tizimi (ALPS) bu nuklidlarning atigi 62 turini yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Eng yomoni esa 62 turdagi nuklidlarni olib tashlash ham radioaktiv suv uchun yetarli emas.

Ifloslangan suvni okeanga oqizish orqali Yaponiya nafaqat radiatsiyaviy himoya bo‘yicha xalqaro me’yorlar, balki 1972-yilgi London demping konvensiyasini buzmoqda.  Davlat shuningdek, dengiz muhitini muhofaza qilish va saqlash bo‘yicha global majburiyatlarini ham bajara olmadi. Ushbu qarorning potensial ta’siri Yaponiya chegaralaridan tashqariga chiqib, xalqaro hamkorlik va atrof-muhitni muhofaza qilish tamoyillarini buzadi va butun dunyoga ta’sir qilishi aytilmoqda.

Bundan tashqari, ikkilamchi inqirozlarni hal qilish va zarar ko‘rgan manfaatdor tomonlarga kompensatsiya to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar dastlabki hisob-kitoblardan ancha oshib ketdi, bu esa ushbu yondashuvning moliyaviy yukini oshiradi.  Masalan, Yaponiya dastlab radioaktiv suvni oqizish narxini 3,4 milliard iyen (23 million dollar) deb baholagan. Biroq, hozirgi kunga kelib, tegishli xarajatlar 129 milliard iyendan oshdi va kelajakda yanada ko’payishi kutilmoqda.

Ifloslangan suvni okeanga oqizish haqidagi qaror ilmiy asosga ega emas. Ammo, Yaponiya hukumatining ta’kidlashicha, ifloslangan suvni okeanga oqizish shikastlangan Fukusima atom elektr stansiyasini tugatish ishlari uchun, joy bo‘shatish uchun zarur.

To‘g‘ri, yadroviy zaharlangan suvni utilizatsiya qilish – reaktorni ishdan chiqarish va avariyadan keyingi tozalash bilan bog‘liq, ammo ekspertlar buning uchun kompleks tizimli yondashuvni qo‘llash kerakligini aytishmoqda.

Fukusimada ifloslangan suvning oqizilishi global yadroviy xavfsizlik va dengiz ekologiyasini muhofaza qilishni anglatadi. Mahalliy aholi va boshqa davlatlar, xususan, Xitoy vaziyatdan norozi. Ular Xalqaro atom energiyasi agentligidan Yaponiyaning harakatlarini qat’iy nazorat qilish, radioaktiv suv monitoringi bo‘yicha global hamkorlik mexanizmini o‘rnatishda faolroq bo’lishni talab qilmoqda.

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh direktori Rafayel Grossi 13-mart kuni   Fukusima shimoli-sharqiy prefekturasining Ivaki shahrida mahalliy baliqchilar bilan uchrashgan.  Suv oqizish jarayonining  monitoringini kuchaytirishga va’da bergan.

Maftuna YAXSHILIKOVA