O‘zbekiston

Polsha aviakompaniyasi O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri muntazam reyslarni yo’lga qo’ydi

Polsha aviakompaniyasi O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri muntazam reyslarni yo’lga qo’ydi

Polshaning “LOT Polish airlines” aviakompaniyasi 14-mart kuni Varshava-Toshkent-Varshava reysi bo’yicha ilk parvozni amalga oshirdi. Aytish joizki, bu pandemiyadan keyin O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri reys ochgan birinchi Yevropa aviakompaniyasidir. Shu kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yo’nalish ochilishi munosabati bilan marosim hamda media vakillari bilan uchrashuv ham o’tkazildi.

Unda so’zga chiqqan, Polshaning Madaniyat va milliy meros vaziri o’rinbosari Bojena Jelazovska so’zlariga ko’ra, natijaga erishuvda ikki davlatning elchixonalari roli hamda xizmati beqiyos.

Polshaning Madaniyat va milliy meros vaziri o’rinbosari Bojena Jelazovska
Polshaning Madaniyat va milliy meros vaziri o’rinbosari Bojena Jelazovska 

“LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi Varshava va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻygani nafaqat aviatsiya sohasida muhim bosqich, balki Polsha va Oʻzbekiston oʻrtasida turizmni rivojlantirish hamda  madaniy-tijoriy  almashinuv uchun ulkan imkoniyatdir”, – deydi Turizm qo’mitasi raisi o’rinbosari Sardor Niyazov.

Turizm qo’mitasi raisi o’rinbosari Sardor Niyazov

O‘zbekiston tarixi buyuk davlatlardan. Polsha va Yevropadan kelgan yo‘lovchilarga juda ko‘p narsalarni taklif qila oladi. Ishonchim komilki, havo kemamiz bortida Markaziy Osiyoning yuragiga qulay  yetib borish uchun barcha sharoitlar yetarli. Reys ochilgani Polsha va O‘zbekiston o‘rtasida turizm va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun turtki bo’ladi. Biz bu yoʻnalishni Oʻzbekiston fuqarolari manfaatlarini ham hisobga olgan holda ochdik. Qulay tranzit punkti boʻlgan ochilish marosimida.

 Ilk reysda Varshavadan Toshkentga uchib kelgan yo’lovchilar orasida media vakillari, bloger va jurnalistlar ham bor. Ular O’zbekiston bo’ylab tarixiy-madaniy obyektlarga boorish, u yerlardan o’z auditoriyalari uchun materiallar tayyorlashni rejalagan.

 

Shoxrux MAJIDOV – jurnalist