Jahon

AQSh Prezidenti Isroilning Rafahdagi ehtimoliy operatsiyasidan «xavotirda»

AQSh Prezidenti Isroilning Rafahdagi ehtimoliy operatsiyasidan «xavotirda»

AQSh Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbat qilib, unda Rafah shahrida ehtimoliy “keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiya”dan “chuqur xavotir” bildirdi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oq uy deyarli bir oylik tanaffusdan so‘ng, Bayden va Netanyaxu o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatining yangi tafsilotlarini oshkor qildi.

Unda AQSh Prezidenti suhbat chog‘ida Falastin anklaviga insonparvarlik yordami oqimini sezilarli darajada oshirish zarurligini ta’kidlagan. Bayden, Tel-Aviv Falastinning XAMAS harakatining harakatlari fonida o’zini himoya qilish huquqiga ega ekanligini bildirdi, biroq shu bilan birga, tinch aholini himoya qilish majburiyatini ham ta’kidladi.

Suhbatdoshlar, shuningdek, Qatarda Isroil va XAMAS vakillari o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarga ham to‘xtaldi.

“Prezident Isroilning Rafahda yirik operatsiya oʻtkazishi mumkinligidan chuqur xavotirda ekanligini taʼkidladi”, deyiladi Oq uy xabarida.

Bayden va Netanyaxu yaqin orada Vashingtonda Amerika va Isroil rasmiylari vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtishi, ular davomida “keng koʻlamli quruqlikdagi operatsiyasiz” Rafahda harbiy harakatlar oʻtkazish imkoniyatini muhokama qilishga kelishib oldilar.

Shuningdek, AQSh va Isroil rahbarlari G’azo sektori va Misr o’rtasidagi chegara xavfsizligini ta’minlash mavzusini ham muhokama qildilar.

Bir kun avval AQSh Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan milliondan ortiq falastinliklar joylashgan Rafahda “keng miqyosdagi quruqlikdagi operatsiya”ga qarshi ekanini aytdi.