Yangiliklar

Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi sobiq elchisi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi sobiq elchisi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi
Foto: «Dunyo» AA

Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi sobiq elchisi Kim Xi-sang oʻz mamlakatining tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

2024-yil 12-yanvardan buyon diplomat Cho Txe-yul rahbarlik qilib kelayotgan Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligida 54 yoshli Kim Xi-sang iqtisodiy diplomatiya bilan shugʻullanadi.

U Seul milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi va Edinburg universiteti (Buyuk Britaniya) xalqaro huquq magistri hisoblanadi. 1993-yildan Tashqi ishlar vazirligi tizimida, markaziy apparatda ham, xorijda ham ishlagan. 2022-yil 24-noyabr kuni Kim Xi-sang Toshkentdagi elchi sifatida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.