Yangiliklar

Yashnobod tumanida 5 nafar fuqaro oʻzaro janjallashdi

Yashnobod tumanida 5 nafar fuqaro oʻzaro janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar oʻzaro janjallashganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB axborot xizmati holat boʻyicha munosabat bildirdi.

27-mart kuni taxminan soat 16.00 larda Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli 3-berk koʻchasida 5 nafar fuqarolar 1986-yilda tugʻilgan E.A. va 1993-yilda tugʻilgan X.A. bilan oʻzaro janjallashib ketganligi aniqlangan. 

Janjal natijasida E.A. va X.A.lar tan jarohati olib tibbiyot muassasasiga murojaat qilishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.