Yangiliklar

Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida ikkita hujjat imzolandi

Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida ikkita hujjat imzolandi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot masalalari boʻyicha davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashuv oʻtkazdi.

“Suhbatimiz samarali va mazmunli boʻlib, barcha sohalar boʻyicha ikki davlat aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan asosiy vazifalarni belgilash imkonini berdi. Iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratdik”, — deyiladi xabarda.

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Britaniya tomonining ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni va taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini qadrlaydi.

Ikki vazir Keng qamrovli sherikchilik toʻgʻrisidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro bogʻliqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumini imzoladi.