Hodisa

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urildi. Qurbonlar bor

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urildi. Qurbonlar bor

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida bir necha inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bergan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, YTH 12-may kuni soat 9:50 lar atrofida Sherobod tumani Uzunsoy mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 1965-yilda tug‘ilgan Sh.D. Tracker mashinasini “Toshkent-Sherobod” yo‘nalishida boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida mashina yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada YTHga yo‘ldagi notekislik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

YTH oqibatida haydovchi Sh.D. va uning turmush o‘rtog‘i M.Sh. voqea joyida halok bo‘lgan. Mashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan 70, 44 hamda 50 yoshli 3 nafar ayol og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

YTH yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.