Tadbirda O’zbekiston tomoni va Chikagodagi O’zbekiston-Amerika uyushmasi vakillari qatnashdi.
Festival doirasida tashkil etilgan O’zbekiston milliy pavilyoni Ozarbayjon, Bolgariya, Litva, Filippin, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Isroil, Yaponiya, Koreya, Meksika, Pokiston, Rossiya, Armaniston, Xitoy, Shvetsiya, Turkiya va boshqa mamlakatlar stendlari orasida faxrli o’rin egalladi.
Madaniy tadbir tashkilotchilari va mehmonlari O’zbekiston salohiyatiga haqidagi materiallar bilan tanishdilar, shuningdek, ularga o’zbek milliy taomlari ulashildi. Bundan tashqari, o’zbek san’at ustalari tomonidan raqs va qo’shiq ijro etildi.
Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, O’zbekiston stendi yig’ilganlarga katta qiziqish uyg’otdi va ular yurtimizga sayohat qilish istaklarini bildirdilar.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!