Madaniyat

Toshkentdan Issiqko‘lgacha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Issiqko‘lgacha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishiga ko‘ra, 10-iyundan boshlab Toshkent avtovokzalidan Qirg‘izistonning Cho‘lponota kurort shahri (Issiqko‘lgacha) avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Avtobus oyning juft kunlarida Toshkent avtovokzalidan (Sobir Rahimov) jo‘naydi. Qatnov narxi — 300 ming so‘m. Qarnovlar Yutong aftobuslarida, soat 15:00 da amalga oshiriladi.

Qatnovlarga Uzautotrans Service MCHJ mas’ul, shuningdek kompaniya mazkur yo‘nalishda buyurtma qatnovlarini amalga oshirishni ham zimmasiga olgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent-Cho‘lponota xalqaro avtobus yo‘nalishi 2022-yilning iyunida ochilgan. Sayohat vaqti 20 soat, yo‘nalish uzunligi 1060 kilometrni tashkil qiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: +998 71 207−87−02, +998 94 131−99−99, +998 88 666−15−15.