Jamiyat, Jinoyat

Xorazmda milliy tabiat bog‘i inspektori do‘pposlandi

Xorazmda milliy tabiat bog‘i inspektori do‘pposlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berishicha, Xorazmda milliy tabiat bog‘i inspektoriga tungi xizmat vaqtida tan jarohati yetkazildi.

Aytilishicha, bog‘ga tutash bo‘lgan “Amudaryo oltin baliq” fermer xo‘jaligi ajratilgan yer maydonidan tashqariga chiqib, gujum ko‘chatlari ekilgan joyga sholi ekish maqsadida maydon chetidagi katta himoya chegaralari buzib tashlangani va suv ochib yuborilgani sabab bo‘lgan. Natijada, bog‘ ma’muriyati fermer xo‘jaligini hududdan suvni quritish haqida ogohlantirgan.

Ogohlantirishga qaramasdan 4- iyun kuni tungi soat. 00:00 atrofida fermer xo‘jaligi rahbari A. O‘. mast holda hududga suv ochish maqsadida kirgan. Buni payqab qolgan inspektor xodimi huquqbuzarlikni bartaraf etishga harakat qilgan. Lekin fermer xo‘jaligi rahbari mast holda uni do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan.

Inspektor Yangibozor tuman tez tibbiy yordam muassasasiga yotqizilgan, ayni damda unga kerakli muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yangibozor tumani bo‘limiga qonuniy chora ko‘rish uchun yuborilgan.