Jahon

«Isroil va’dasida turmaydi». HAMAS boshqa davlatlardan kafillik soʻradi

«Isroil va’dasida turmaydi». HAMAS boshqa davlatlardan kafillik soʻradi

Falastinning HAMAS qarshilik harakati taklif qilingan otashkesim va garovga olinganlarni ozod qilish bo’yicha kelishuv shartlariga o’zgartirish kiritdi. Bu haqda «Al Majalla» nashri oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.

Unga koʻra, harakat BMT hamda Xitoy, Rossiya va Turkiyaning sionistlar bilan erishilgan har qanday kelishuvda kafil boʻlishini istaydi.

Ushbu talablar AQSh va Isroil tomonidan rad etilgan.

Boshqa tuzatishlar sirasiga doimiy o’t ochishni to’xtatish va Isroil qo’shinlarining G’azodan, jumladan, Rafah va Misr-G’azo chegarasidan olib chiqilishi uchun yangilangan vaqt jadvallari mavjud.

Bundan tashqari, HAMAS AQShdan doimiy otashkesim va Isroil ishg’ol kuchlarini G’azo sektoridan olib chiqib ketish haqidagi yozma kafolat berishini soʻramoqda.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken HAMASning bu kabi shartlarini qabul qilib boʻlmasligini aytib chiqdi.