Jamiyat, Yangiliklar

Urganch xalqaro aeroporti vaqtincha o’z faoliyatini to’xtatdi

Urganch xalqaro aeroporti vaqtincha o’z faoliyatini to’xtatdi

Joriy yilning 20-iyul soat 00:01 dan 7-avgust 23:59ga qadar Urganch xalqaro aeroporti uchish-qo’nish yo’lagini kapital tamirlash ishlari olib borilayotgani sabab o’z faoliyatini to’xtatdi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchish-qo’nish yo’lagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining yo’nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Uchish-qo’nish yo’lagini ta’mirlashda, uzunligi 3000 m va eni 16 m bo’lgan yo’lak yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash ko’zda tutilgan. Shu bilan birga, ikkinch va uchinchi yurish yo’laklari kapital ta’mirlanadi.

Rekonstruksiya davrida rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo’naltiriladi. Yo’lovchilar esa Nukus va Urganch aeroportlari o’rtasida transferlar bilan ta’minlanadi.

Eslatib o’tamiz, Urganch shahridagi uchish-qo’nish yo’lagi oxirgi marta 1997-yilda rekonstruksiya qilingan. 2018-yilda esa shikastlangan qismlari qayta tiklangan edi.