Jahon

DNK testi HAMAS yetakchisi Sinvarning o‘limini tasdiqladi 

DNK testi HAMAS yetakchisi Sinvarning o‘limini tasdiqladi 

DNK namunalarini o‘rganish Falastinning HAMAS harakati yetakchisi Yahyo Sinvarning G‘azo sektorida o‘ldirilgani faktini tasdiqladi. Bu haqda Isroilning “Kan” davlat teleradiokompaniyasi xabar berdi.

RafahdaUning ma’lumotlariga ko‘ra, bu haqda Isroil xavfsizlik xizmatlaridagi manbalar gapirmoqda. “Kan” manbalarining ta’kidlashicha, Sinvarning shaxsini aniqlash uning o‘tmishda Isroil qamoqxonalarida bo‘lganligi tufayli osonlashgan.

Avvalroq, Isroil armiyasi matbuot xizmati G‘azo sektoridagi janglar chog‘ida 3 nafar falastinlik o‘ldirilgani va ulardan biri, taxminlarga ko‘ra, Sinvar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Uning bayonotiga ko‘ra, hozirda harbiylar halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlamoqda.

“Sky News Arabia” manbasi ham HAMAS siyosiy byurosi rahbari o‘ldirilganini tasdiqladi, biroq hozircha rasmiy xabarlar yo‘q.

Yahyo Sinvar G‘azo sektorida tug‘ilgan va HAMASning harbiy qanoti asoschilaridan biri. U 22 yildan ortiq vaqtini Isroil qamoqxonalarida o‘tkazgan va 2011-yilda 1027 nafar falastinlik asirni 2006-yilda garovga olingan isroillik askar Gilad Shalitga almashish bo‘yicha kelishuv doirasida ozod etilgan.

2017-yilda Sinvar G‘azo sektoridagi HAMAS yetakchisiga aylandi va shu yil avgust oyi boshida butun tashkilotning Siyosiy byurosining yangi rahbari etib saylandi. Bu lavozimda u 31-iyul kuni Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Xoniya o‘rnini egalladi.