Iqtisod, Jamiyat

Joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar muhokama qilindi

Joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar muhokamasi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

– Jahondagi qiyin vaziyatga qaramasdan, ichki imkoniyatlarni ishga solish hisobiga, oʻtgan 9 oyda mamlakatimiz iqtisodiyoti 6,6 foizga, sanoat 7 foizga oshdi. Yil yakunigacha kamida 6 foiz oʻsish kutilmoqda.

-Oltin-valyuta zaxirasi bu yil ilk bor 40 milliard dollardan oshdi. Aholining milliy valyutadagi depozitlari 50 foiz oʻsdi.

-Tashqi investorlar ishonchi ortgani tufayli xalqaro bozorlarda 4 milliard dollarlik yevrobond joylashtirildi.

Bularning natijasida joriy yilda investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33 foizdan oshadi. Eksport qariyb 19 foizi oʻsishi kutilayapti.