Jamiyat

Tiklanadigan energiya manbalariga ko’proq e’tibor qaratish lozim

Tiklanadigan energiya manbalariga ko’proq e’tibor qaratish lozim

Bu haqda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida «Yashil iqtisodiyotda global savdo tendensiyalari» mavzusida o’tkazilgan tadbirda mutaxassislar tomonidan qayd etildi.

Unda Universitet rektori T.Teshabayev, Ozbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Y.Malikov, Ozbekiston Iqtisodiyot assambleyasi raisi M.Umarov, «Antikorrupsiya» OAV Kengash raisi B.Rasulev hamda Jamoat xavfsizligi universiteti, Iqtisodiy fanlar kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori B.Valiyev ishtirok etib «Yashil iqtisodiyot» maqsadi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Jahonda tiklanadigan energiya manbalariga ko‘proq eʼtibor qaratishga quyidagi omillar taʼsir ko‘rsatadi.

Jumladan, tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirishda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash hisobiga narx raqobatining o‘sishi, ushbu sohaning rivojlanishi uchun ijobiy taʼsir etuvchi siyosiy tashabbuslarning ommalashuvi, sohani moliyalashtirish uchun qulay investitsiya muhitining yaratilishi, energetik va ekologik muammolarni hal qilish masalasi shular qatoriga kiradi.

Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida energiyaga bo‘lgan talabning ortib borishi, barchaga energiyadan foydalanish imkoniyatini yaratish va energetik yetishmovchilikdan qutilish ham energiya manbalariga ta’sir etadi.

«Yashil iqtisodiyot»ga o’tishdan maqsad nima?

Atrof-muhit o‘zgarishi bilan bog‘liq risklar va ekologik taqchillikni kamaytirish asosida insonlar farovonligini yaxshilash va ijtimoiy tenglikka erishish;

Atrof-muhitni muhofaza qilish siyosatining samaradorligi va aholi ijtimoiy-iqtisodiy farovonligining ortishini aks ettirish;

Inson farovonligi bilan bog‘liq tabiiy aktivlar barqarorligini taʼminlagan holda iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga ko‘maklashishdan iborat.

Ushbu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish, isteʼmol va ayriboshlash jarayonlaridagi munosabatlar tizimi asosida ishlab chiqilgani bois “yashil iqtisodiyot”ni uch o‘lchamda (iqtisodiyot, tabiat va jamiyat) baholash imkonini beradi.

Muloqot yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.